O'quv markazida dasturlash darslari

Zamonaviy, daromadli, jamiyatga foyda keltiradigan kasbni o'rganing

Darslarga yoziling

Darsga qatnashing, uy vazifasini bajaring, kichik saytlar tayyorlang


Harakat qiling, mustaqil ravishda o'rganing


Kasbni egallang, pul toping, jamiyatga foyda keltiring

Ustoz




Assalomu alaykum, ismim Komilxon, yoshim 27 da. 2014 yilidan beri dasturchilik sohasida faoliyatimni olib boryapman. Xorijiy mijozlar bilan, JavaScript, PHP, React Native, Redux, Meteor.js, MySQL, MongoDB, Python, Django, Django Rest Framework, Laravel, Vue.js, Vuex texnologiyalar bilan ishlaganman.

Tahminan 1.5 yil dasturlash darslarini berib turibman, va asta sekin dars berish usulimni rivojlantiryapman. Dasturlashni o'rganish haqida shu yerda yozdim - Dasturlashni o'rganish haqida fikrlarim. Dars berish haqida shu yerda yozdim - Dasturlashni o'rgatish haqida.

O'quv markazidagi darslarimga yozilsangiz bo'ladi. Pul yoki vaqt muammo boʻlsa internet darslarimdan oʻrgansangiz boʻladi, ular bepul - subh.org. Telegram sahifam - @subh_darslari.

Asosiy HTML CSS WordPress darslari


Maqsad – sodda saytlarni tayyorlashni oʻrganish.

Davomiylik – 2 oy, haftada 2 dars, 2 soatdan. Bir oyda 9 dars.

Narx – bir oyning narxi 600 000 soʻm.

Tartib – darslar o'quv markazida, amaliy ravishda olib boriladi.


1. Asosiy HTML va CSS

Saytlarning tashqi koʻrinishini tayyorlash uchun texnologiyalar. Saytlar dasturchisi boʻlish uchun birinchi qadam.

Taxminiy reja:

  • HTML da bo'sh joy - br, hr, nbsp. HTML sodda unsurlari - h1, strong, del, em. Ochadigan, yopadigan yorliq, unsur tushunchalari.
    Uy vazifasi - Ezgulik. Bu sahifadan faqat matni kerak. Rasmlar, masofalar, ranglar kerak emas.
  • HTML rasm, havola, alomatlar - a, img, href, src. HTML g'ola va qatordagi unsurlar. CSS sodda bezaklar. style="" alomati. Rang, orqa rang, font oilasi, font o'lchami, qator bo'yi, font yo'g'onligi, burchak yumaloqligi.
    Uy vazifalari - HTML CSS Namuna 1, Ezgulik. Bu sahifalarda masofa, rasmning to'g'ri joylashuvi kerak emas. Qolgani qo'ldan kelganicha qilinadi.
  • CSS bo'y, en, chegara, tiqma, hoshiya.
    Uy vazifasi - Ijodiy
  • CSS sinflar, alohida CSS hujjat, asosiy ustuvorlik. Asosiy CSS tanlovchilar. CSS quti o'lchovi.
    Uy vazifasi - Kul rang.
  • CSS yolg'ondakam sinflar - :hover, :active, CSS o'tish.
    Uy vazifasi - Muallif.
  • CSS markazlashtirish - margin: 0 auto. CSS brauzer oynaday balandlik - height: 100%, height: 100vh.
    Uy vazifasi - Uslubiy qolipining qismi.
  • CSS sodda Fleksboks - justify-content, align-items, flex-wrap, sodda to'r.
    Uy vazifasi - Uslubiy.
  • Amaliy dars.
  • CSS position.
    Uy vazifasi - Uslubiy qolipining qismi.
  • CSS moslashuvchanlik - @media. Moslashuvchan to'r.
    Uy vazifasi - Qurilmaviy qolipininng bir qismi.
  • Amaliy dars.
    Mana shu darsdan keyin yaxshi o'quvchilar sodda saytlarni mustaqil ravishga qila olishadi Xudo xohlasa.
  • CSS yolg'ondakam unsurlar - ::before, after. CSS yolg'ondakam sinflar - :nth-child, :nth-of-type, :first-child, :last-child.
    Uy vazifasi - Qurilmaviy qolipininng bir qismi.
  • HTML kirim darchalari - input, textarea, select. Ularni bezash.
    Uy vazifasi - Qurilmaviy qolipining bir qismi.
  • CSS tanlovchilar - +, >, ~. Ulardan va inputlardan foydalanib o'zarafaollikka erishish.
    Uy vazifasi - Uslubiy qolipining tepa o'n burchakdagi imkoniyatnomani qilish.
  • CSS animatsiya - @keyframes.
    Uy vazifasi - Qurilmaviy qolipining puffakchalarini qilish.
  • Amaliy dars


Aytgancha fleksboksni shu oʻyindan oʻrgansangiz boʻladi - Fleksboks oshxonasi.



Yangi zamonning texnologiyalarni o'rganishga, internet bilan yaxshiroq tanishishga tayyor bo'lsangiz, men ham sizga yordam berishga tayyorman.


2. Yuzaki WordPress

Dunyodagi eng mashhur tarkib boshqaruv tizimi. WordPress bilan saytni bir soatda tayyorlasa boʻladi.

  • Wordpressni o'rnatish. XAMPP o'rganish. Birinchi sayt. Uy vazifasi - sodda sayt qilib kelish.
  • Wordpressda qolibpning HTML va CSS ni o'zgartirish. Uy vazifasi - tayyor qolipni olib HTML va CSS ni o'zgartirish.
  • Wordpressni hostingga joylash va domainga ulash video da ko'rsatiladi.

Asosiy JavaScript darslari


Maqsad – dasturlash asoslarini oʻrganish.

Davomiylik – 3 oy, haftada 2 dars, 2 soatdan. Bir oyda 9 dars.

Narx – bir oyning narxi 600 000 soʻm.

Tartib – darslar o'quv markazida, amaliy ravishda olib boriladi.

Talab – mantiqiy fikrlash.


1. JavaScript

Dunyodagi eng mashxur dasturlash tili. Saytlarda, telefon ilovalarda, komputer dasturlarida qoʻllaniladi.

  • alert, console.log, o'zgaruvchilar, hisoblash - + - * /, bajarilish tartibi
  • prompt, parseInt, foydali dasturlar. Uy vazifasi - Asosiy.
  • if, else. Uy vazifasi Agar.
  • while. Uy vazifasi Davr.
  • for. Uy vazifasi Davr.
  • Funksiya, setTimeout, setInterval. Uy vazifasi - Funksiya
  • DOM. Uy vazifasi - DOM.
  • Ro'yxat. Uy vazifasi - Ro'yxat.
  • Amaliyot.
  • if, else, while takrorlash. Uy vazifasi Agar
  • Ro'yxatlar, while, for takrorlash. Uy vazifasi - Ro'yxat
  • Funksiya takrorlash. Uy vazifasi - Funksiya
  • DOM takrorlash. Uy vazifasi - DOM.
  • jQuery asoslari
  • jQuery amaliyot
  • jQuery amaliyot
  • jQuery amaliyot

Chukur fikrlashga, jumboqlarni yechishga, bilimingizni oshirishga tayyor bo'lsangiz, men ham sizga yordam berishga tayyorman.


2. Kalladan foydalanish

Kallani fikrlashga majburlash qiyin, lekin boshqa yoʻl yoʻq.

Shaxsiy darslar


Maqsad – mustaqil dasturchi darajasiga chiqish.

Davomiylik – qancha kerak bo'lsa. Haftada 2 dars. Oyda 9 dars.

Narx – bir oyning narxi 2 000 000 soʻm.

Tartib – faqat bitta odamga dars beriladi.

Talablar – Aql.


Texnologiyalar

Bilgan texnologiyalarimdan keraklilarini o'rgataman.

Texnologiyalar:

  • HTML, CSS, Bootstrap
  • Vue, React, React Native
  • Python, Django
  • PHP, Laravel
  • MySQL, MongoDB
  • Git, Github

Tezroq o'rganishni xohlasangiz mazkur darslarni tanlasangiz bo'ladi.

Talablar


Sizdan nima talab etiladi?

  • Shaxsiy noutbuk.
  • Aql. Aniqrog'i mantiqiy fikrlash. Shu qobiliyat dasturchi uchun o'ta muhim.
  • Sabr. Bitta dasturlash misolini yechishga 2 hafta yoki undan ko'p vaqt ketolidi, bunga tayyor bo'linglar.
  • Maqsad. Aniq maqsad qo'ymasangiz yarim yo'lda o'rtga ketishingiz hech gap emas.
  • Komputerdan foydalanish bilimi. Komputerdan foydalanishni bilmasangiz tanishlardan o'rganing.

Darslarga yozilish


Darslarga yozilish uchun ma'lumotingizni to'ldiring.

Jinsingiz
Qaysi bosqichga yozilmoqchisiz?


Manzil / Aloqa



Manzil – Toshkent, Muqimiy koʻchasi 166 uy (xaritada koʻrsatish).
O'quv markaziga kelishdan oldin quyidagi telefonga qo'ng'iroq qiling.

Savol berish – telegramda @subh_mamur.
Yoki +998909739543 ga qo'ng'iroq qiling.

Metod oʻquv markazi bilan hamkorlikda darslar beraman. Bu oʻquv markazida siz ingliz va oʻris tili darslariga qatnashishingiz mumkin.